06.02.2025

PEUGEOT E-5008 eng yaxshi oilaviy avtomobil deb topildi

news-image

Golden Wheel 2024: PEUGEOT E-5008 eng yaxshi oilaviy avtomobil deb topildi

Yangi PEUGEOT E-5008 2024-yilda Axel Springer Verlag tomonidan taqdim etiladigan "Golden Wheel" mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ushbu oilaviy avtomobil modeli AUTO BILD va BILD am SONNTAG jurnallari o‘quvchilari hamda ekspertlar hay’atini hayratda qoldirdi. Barcha g‘oliblar "AUTO BILD" jurnalining 46/2024 sonida va "BILD am SONNTAG" jurnalining 45/2024 sonida e’lon qilinadi. PEUGEOT Germany bosh direktori Kristian Ditch: "Golden Wheel – bu biz uchun muhim mukofot, chunki u ham haydovchilar, ham ekspertlar hay’ati tomonidan beriladi. Biz yo‘ltanlamaslarimizni ishlab chiqishda dizayn, interyer va oilalar ehtiyojlariga mos texnologiyalarga alohida e’tibor qaratdik. PEUGEOT E-5008 – bu bizning dizaynerlar jamoamizning qarashlarini aks ettiruvchi model bo‘lib, uning oilaviy avtomobillar kategoriyasida e’tirof etilganidan xursandmiz." "Auto BILD" va "BILD am Sonntag" o‘quvchilari hamda ekspertlar hay’ati PEUGEOT E-5008’ning zamonaviy jihozlari va innovatsion texnologiyalaridan hayratda qoldi. Yangi PEUGEOT E-5008 kuchli va ishonchli ko‘rinishga ega bo‘lib, aerodinamik chiziqlar va nafis interyeri bilan samaradorlikni ta’minlaydi. Ushbu model keng ichki makonga ega bo‘lib, yetti kishiga qulay va yoqimli sayohat qilish imkonini beradi. Yukxona hajmi 748 litr (5 o‘rin), 259 litr (7 o‘rin) va 1815 litrgacha (2 o‘rin, o‘rindiqlar yotqizilganda) yetadi. Avtomobil ichida yo‘lovchilar keng makon va maksimal qulaylikdan bahramand bo‘ladilar. PEUGEOT Panoramic i-Cockpit® markaziy o‘rinni egallaydi: proektsion displey va katta markaziy sensor ekran yuqori aniqlikdagi 21 dyuym (53,3 sm) o‘lchamdagi egri panoramali ekranga integratsiya qilingan. Yangi PEUGEOT E-5008 boshidan elektr model sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, elektr dvigatellari 500 dan 664 kmgacha masofa bosish imkonini beradi. Energiya sarfi 18,2–19,4 kVt·soat/100 km, CO₂ chiqindilari – 0 g/km, CO₂ sinfi – A1 bo‘lgan uzoq masofaga mo‘ljallangan yangi PEUGEOT E-5008 joriy yilda Parij avtosalonida namoyish etildi. "Golden Wheel" mukofoti haqida Nufuzli "Golden Wheel" mukofoti Yevropa avtomobil sanoatidagi eng yuqori mukofotlardan biridir. Uni Axel Shpringer – o‘z nomidagi nashriyot asoschisi – 1976 yilda ta’sis etgan. 2009 yildan beri ushbu mukofot "BILD am Sonntag" va "AUTO BILD" jurnallari hamkorligida tashkil etiladi. Har yili turli kategoriyalar bo‘yicha avtomobillar "AUTO BILD" o‘quvchilari so‘rovi va ekspertlar hay’ati baholash natijalari asosida aniqlanadi. Hay’at tarkibiga mutaxassislar, texnik ekspertlar, bosh muharrirlar hamda mashhurlar kiradi. Mashhurlar orasida Andrea Kayzer va Ri Harder kabi taniqli shaxslar, Betty Taube va Twenty4tim kabi blogerlar, shuningdek, poygachi Xans-Yoaxim Shtuk va jahon rallisi chempioni Sebastyen Ojye bor. Final sinov haydovlari 29-sentabr kuni Lаuzitsring trassasida o‘tkazildi.
Bizning blog

Boshqa yangiliklar

Смотреть все новости
headphones-icon Biz bilan bog'lanish location-icon Rasmiy showroom joylashuvi