06.02.2025

PEUGEOT O’zbekiston bozoriga kirmoqda

news-image

PEUGEOT O‘zbekistondagi faoliyatini SARDA Auto Uzbekistan bilan kengaytirmoqda

Stellantis tarkibiga kiruvchi Fransiyaning mashhur PEUGEOT avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmoqda. SARDA Auto Uzbekistan PEUGEOT'ning mamlakatdagi eksklyuziv hamkori etib tayinlandi. Toshkentda birinchi avtosalonning ochilishi 2025-yilning apreliga mo‘ljallangan bo‘lib, bu brendning mintaqaviy rivojlanishida muhim bosqich bo‘ladi. Birinchi bosqichda PEUGEOT Uzbekistan riteyl, logistika, turizm, kichik va o‘rta biznes uchun Boxer, Expert va Partner modellarini taklif qilib, yengil tijorat avtomobillari segmentiga e’tibor qaratadi. Yilning ikkinchi yarmida kompaniya oʻzining model assortimentini kengaytirish va Oʻzbekiston bozoriga yengil avtomobillarni, jumladan, PEUGEOT 408, 508, 2008, 3008, 5008 rusumli avtomobillarni taqdim qilishni rejalashtirmoqda. PEUGEOT Uzbekistan mijozlari rasmiy kafolat, original ehtiyot qismlar va malakali servis xizmatidan foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. "Yuqori darajada ishonchli va tejamkor bo‘lgan PEUGEOT tijorat avtomobillari Yevropada o‘z samaradorligini isbotlab bo‘lgan. Ishonchimiz komilki, ular o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun maqbul tanlov bo‘ladi", - deydi SARDA Auto Uzbekistan bosh direktori Hidemaru Sato. PEUGEOT’ning O‘zbekiston bozoriga kirishi Stellantis’ning rivojlanayotgan bozorlarda o‘z ishtirokini kengaytirish bo‘yicha global strategiyasiga mos keladi. SARDA Auto Uzbekistan hozirda O‘zbekistonda bir qancha loyihalar, jumladan, PEUGEOT Uzbekistan loyihasi ustida ishlamoqda. U Ozarbayjon va Gruziyadagi Toyota, Lexus, Volvo Trucks, BYD va Peugeot kabi qator xalqaro avtomobil brendlarini boshqaradigan SARDA Group tarkibiga kiradi. PEUGEOT Uzbekistan qo‘shilishi bilan kompaniya Markaziy Osiyodagi strategik kengayishini davom ettirmoqda.
Bizning blog

Boshqa yangiliklar

Смотреть все новости
headphones-icon Biz bilan bog'lanish location-icon Rasmiy showroom joylashuvi